Milliy g'oya va Vatanga bo'lgan muhabbat tuyg'usi.
Qashqadaryo viloyati
Qarshi tumanidagi
15 – umumiy o’rta ta’lim
maktabining IX “A” sinf
o’quvchisi
Pirimqulov O’lmasning
Milliy istiqlol g’oyasi va
ma’naviyat asoslari
fanidan yozgan
Qarshi – 2011
“Milliy g’oya va Vatanga muhabbat tuyg’usi”
Reja:
1. Milliy g’oyaning shaxs va jamiyat hayotidagi o’rni.
2. O’zbekistonda jamiyatni ma’naviy yangilanishi
jarayonida madaniy me’rosga munosabat.
4. Hozirgi bosqichda O’zbekistonda madaniy hayot.
5. Xulosa.
Har qanday jamiyat ma’naviy madaniyatning tarkibiy qismi, bor bilim olami bo’lib, u insonni qayerda yashashini belgilashga yordam beradi. Madaniy qadriyatlar inson uchun o’ta shaxsiy mohiyat va mazmun kasb etib, inson u orqali boshqa kishilar bilan, butun jamiyat bilan munosabatga o’tadi. Qadriyatlar jamiyatga manzur bo’luvchi axloq va shakillarni yaratishda va anglashda insonga yordam beradi. Taxsinga loyiq joyi shundaki, insonda boshqalarga nisbatan munozarali emas, balki muloyim munosabat shakillanadi. Munozaralar tug’ulgan holda jamiyatni mustahkamlashda munosib bo’lgan bartaraf qilishning qulay usullari topiladi. Jamiyat, avvalo tarixning muayyan bir taraqqiyoti bosqichida tabiatdan ajralib chiqqan moddiy dunyoning tarkibiy qismi bo’lib, rivojlanuvchi kishilar hayotiy faoliyatlarning majmuidir. Shuningdek, jamiyat kishilik tarixining muayyan bosqichi yoki ijtimoiy tizimning aniq tipidir. Ishlab chiqarish munosabatlarining majmui ijtimoiy munosabatlar deyiluvchi jamiyatni, ya’ni tarixiy taraqqiyotning muayyan bosqichidagi jamiyatni vujudga keltiradi. Shaxs bilan jamiyatning o’zaro munosabatlari turli tarixiy davrlarda turlicha bo’lib, shaxs madaniyatini belgilaydi va shaxs madaniyati ham o’z navbatida muayyan bir jamiyat madaniyatida shakillanadi. Har bir jamiyat shaxs madaniyatni kamol toptirishda o’zining me’yoriy qadriyatlarini belgilaydi va shaxsning madaniyat ehtiyojlarini ta’minlaydi. Jamiyat bilan shaxsning o’zaro munosabati shaxsning erkinligi, uning, huquq va burchlari, insoniy qadriyatlar haqidagi muammo barcha tarixiy davrlaridagi muhim masala hisoblanadi. Inson tabiatning oliy mahsuli bo’lib, uning mohiyati barcha ijtimoiy munosabatlar yig’indisi bilan belgilanadi. Inson ayni paytda ham tarixni taraqqiyotning mahsuli, ham uning sub’yektidir. Ijtimoiy munosabatlar insonni ijtimoiy vujudga aylantiradi, dunyoqarashini shakillantiradi. Inson ishlab chiqarish jarayonida faqat narsalar yaratib qolmay, o’zini, o’z shaxsiyatini ham qayta yaratadi. Bu jarayonda inson o’zini takror ijod qiladi va u ijtimoiy mavjuddir. Odam ijtimoiy tajribalarni o’zlashtirish natijasida shaxsga aylanadi. Inson ijtimoiy munosabatlar yig’indisi sifatida muayyan huquq va burchlarga egadir. Bu uning shaxs ekanligini ifodalaydi. Shaxsning komillikka erishuvini ta’minlashda jamiyatdagi mehnat madaniyatni rivojlantirish, kishilarning siyosiy ongini oshirish, axloqiy va estetik nafosatini tarbiyashda madaniyatning tarkibiy qismlari katta vazifani bajaradi. Shaxsni sotsial jihatdan fikrlashiga ko’ra insonning mehnat madaniyati, munosabat madaniyat, axloq madaniyati, badiiy tafakkur madaniyati, dunyoqarashi ruhning olami haqida gapirish mumkin. Madaniyat ijtimoiy tizim tuzilma sifatida ilmiy bilimlarni, tafakkurni, axloqiy – estetik qadryatlarni, axloqiy – huquqiy nizomlarni, urf-odat va an’analarni qamrab oladi. Shaxs madaniyatning shakillanishida jamiyat madaniyatining quyidagi tizimlari ahamiyatlidir: siyosiy madaniyat – kishilarning siyosiy ongi, manfaatlari, e’tiqodlari, maqsadlarini ifodalovchi siyosiy – huquqiy g’oyalar majmui bo’lib, ma’naviy qadriyatlarning mahsus tizimini tashkil qiladi. Bu madaniyat tarixiy taraqqiyot bosqichlariga jamiyatning ijtimoiy tabaqalari manfaatlari bilan bog’liq holda vujudga kelib jamiyat siyosiy faoliyatiga uzviy bog’liq. Siyosiy madaniyat, siyosiy faoliyat sifatida ya’ni insonlar faoliyatidagi tabiatni qayta yaratish va o’zlarini tarbiyalash jarayonlarini qamrab olib, “Siyosiy ishlab chiqarishni” aks ettiradi. Bunda siyosiy faoliyat amaliy jihatdan ijtimoiy guruhdan (sotsium)ning siyosiy hokimiyat uchun bo’lgan harakatlarini belgilaydi, madaniy - nazariy jihatdan esa ijtimoyi munosabatlarni tabaqaviy dunyoqarash ruhida anglash, muayyan siyosiy g’oyalar, dasturlar ishlab chiqishni nazarda tutadi. Siyosiy madaniyat tarkibiga; mafkura, siyosiy tajriba va an’analar, siyosiy tashkilotlar, siyosiy faoliyat usullari kiradi. Siyosiy madaniyatning mavjudlik usuli: jamiyatning siyosiy – madaniy boyligi; amaliy siyosiy madaniyatdan iboratdir. Jamiyat siyosiy madaniyati taraqqiyotning ma’lum bir bosqichidagi siyosiy – ijtimoiy qadriyatlar, siyosiy tizimlar, siyosiy faoliyat usullarining majmuidir. Shaxs siyosiy madaniyati esa individ tomonidan jamiyatning siyosiy, mafkuraviy va ijtimoiy va ruhiy qadriyatlarni va usullarini o’zlashtirilishi hamda amalgam oshirishi tizimidir. Shaxs siyosiy faoliyatda qo’llash darajasining o’zaro bog’liqligi, yaxlid birligidan siyosiy madaniyat tarkib topadi. Siyosiy madaniyat tarkibi huquqiy madaniyat bilan bog’liq bo’lib, bu faqat qonunlarni bilish, huquqiy saviyadagina iborat bo’lib, qonunlarga amal qilish va ular bo’y sunish madaniyati demakdir. Umuman, huquqiy madaniyat, huquqqiy ong, huquqiy munosabatlar, huquqiy faoliyatning birlikda namoyoy bo’luvchi ma’naviy qadriyatlar tizimidir. Iqtisodiy madaniyat tushunchasida iqtisodiy bilimlar va fikrlar uslubi bilan faol ishlab chiqarish, iqtisodiy faoliyat o’rtasidagi o’zaro aloqadorlik omillari namoyon bo’ladi. Iqtosodiy madaniyat mazmunida madaniyat va iqtisodning o’zaro ta’siri xususiyatlari majjud bo’lib, tarkibiga iqtisodiy ong, iqtisodiy faoliyat, iqtisodiy munosabat kiradi. Iqtosodiy madaniyatning mazmunini kishilarning turli sohalarda maqsadga muvofiq faoliyati, yangi sifat natijalarini tashkil etadi. Jamiyat iqtisodiy madaniyatida shaxsning iqtisodiy madaniyati uning o’zini kamol toptirishini anglab, nafaqat madaniyat qadriyatlarini yaratishi, boyitishi va iste’mol qilish darajasini, balki o’z erkinligini yangi bosqichga ko’tarilishini ta’minlayni. Aqliy madaniyat – jamiyat, sotsium, induvidlar tomonidan aqliy kamolot me’yorlariga erishish darajasidir. Kundalik turmushda, kishilar faoliyatida amal qiladigan va o’zlashtiriladigan axloqiy qadriyatlar, axloqiy kamolot me’yorlari bilan bog’liqdir. Axloqiy madaniyat – tarkibiga axloqiy ong, axloqiy munosabat va axloqiy faoliyat kiradi. Estetik madaniyat – insonning ma’naviy – hissiy faoliyat bina bog’langan qadriyatlar tizimini ifodalaydi. Estetik madaniyat jamiyat madaniyatining iqtisoslashtirilagan qismi bo’lib, uning holatini san’at va estetik munosabatlar rivojlanishi bilan bog’lab tushuntirish mumkin. Umuminsoniy qadriyatlar turkumiga insoniyat sivilizatsiyasining taraqqiyoti bilan bog’liq bo’lgan umumbashariy muammolar kiradi. Bular: yer yuzida ilm fanni taraqqiy etish, tichni saqlash, qirg’in qurollarni to’xtatish, tabiatni muhofa qilish kiradi.
O’zbekiston o’z mustaqilligini mustahkamlash johon ham jamiyatida o’zining munosib o’rnini egallash jarayonida siyosiy, huquqiy, ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalarda – kishilar tafakkurida tubdan o’zgarish – milliy g’oya-milliy mafkurani shakillantirish jarayoni kechmoqda. Prezident I.Karimovning quyidagi so’zlari o’ta ibratlidir: “Biz kelgusi asrga o’zimiz bilan nimani olib o’tishmiz mumkin? Va nimalardan vos kechishimiz darkor? Ya’ngi ming yillikda qanday muammolarning yechimi bizning diqqat e’tiborimiz turmog’i lozim? ¹” ( I.Karimov O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida. 1999-yil 3-bet.) Madaniy me’ros - bu o’tmishdan qolgan qadriyatlar, g’oyalar, tajriba, bilimlar ularni o’zlashtirish usullari, ya’ni kishilarning ijodiy faoliyat usullari va ularni tashkil qilish hamda uning natijasidir. O’zlashtirish yoki aniqrog’i madaniy me’ros jarayoni o’ta muhim bo’lib, madaniyatning harakatdagi siyosiy qonunlaridan biri hisoblanadi. Bu jarayon insoniyatning o’tmishi, buguni va kelajagi bir butun holda birlashtirib, odatiy tarzda tayyor yutuqlarga aylanadi. Bor narsani izlash, ma’lum narsani ochish, qilinga kashfiyotni kashf etish kerak bo’lmaganidek o’tmish ajdodlar qilgan ishni takrorlash shart emas. O’tmish bilan batamom uzulish mumkin emas. Insoniyat tarixida mutlaqo yangi madaniyat yaratishga urunishlar bo’lgan biroq bunday urunishlar xunuk natijalarga olib kelgan. Bunda 1920-yillarda Sovet Rossiyasida “proeetar madaniyati”yaratishga urunishi yoki madaniyat inqilobini misol tariqasida keltirish mumkin. Bu “inqiloblar” jarayonida yangi madaniyat yaraladi, aksincha bori ham yo’q bo’ladi: qo’l yozmalar,kitolar, suratlar yoqildi; me’moriy yodgorliklar buzuldi, eng achinarlisi madaniy qadriyat egalari mavh qilindi. Oqibatda o’tmish bilan bog’liq uzviylik jamiyat ma’nan orqaga ketdi. Madaniyatning me’yoriy rivojlanishi uni asrab kelgusi avlodga meros qilib qoldirishni bildiradi. Hozirgi davrda ham milliy madaniyatni tiklashga asososiy e’tiborni qaratgan holda O’zbekiston xalqi jahon madaniyati va sivilizatsiyasining zamonaviy yutuqlarini egallashga harakat qilib jahon madaniyati rivojiga hissa qo’shmoqda. Bu borada jadal amaliy yo’llar qilinmoqda: xalqaro konkurs va fiestevallar o’tkazilishi, chet mamlakatlarning madaniy kunlari va san’at asarlari ko’rgazmasi namoyish qilindi, Hind madaniyat markazi, Fransuz madaniyat markazlari ochildi. Hozirgi kunda turli xalqlarning milliy markazlari 100dan ortdi. O’zbekiston madaniyatining o’ziga xos xususiyatlarini nazariy asoslash va uning jahon madaniyatidagi o’rnini munosib baholash ishtiyoqi ham kuchli. “Mirzo Ulug’bek va uning jahon sivilizatsiyaga qo’shgan hissasi” (1994) “O’zbekistonning jahonda tutgan o’rni va roli. Buxoro va jahon madaniyati”, (1995) “O’rta Osiyo va jahon sivilizatsiyasi” kabi mavzularda o’tkazilgan xalaqaro konfrensiya va semenarlarni ko’rsatish mumkin (1998). Ma’lumki, YUNESKO qarori bilan yer yuzida nishonlangan “Amir Temur va uning jahon tarixidagi o’rni” mavzusidagi (1996) konfrensiya misolida Porij shahrida “Temuriylar davrida fan, madaniyat va ta’lim ravnaqi” mavzusida ilmiy anjuman hamda ko’rgazma bo’lib o’tdi. Bu tadbirda xalqaro jamoatchilik Amir Temur, al- Buxoriy, at-Termiziy, Ahmad Yassaviy, Bahovuddin Naqshband, al-Xorazmiy, al-Beruniy, Ibn Sino, Navoiy, Bobur kabi buyuk yurtdoshlarimizning jahon tamadduni va madaniyati rivojiga qo’shgan munosib ulushini yuksak baholashni ko’rsatdi. Milliy an’anallar va ko’hna madaniyatimiz qayta yuz ocha boshlayapti. Ulug’ ajdodlarimizni yod eta boshladik. Ularni ma’naviy merosini o’zlashtirayapmiz. Prizident I.A.Karimov o’zning asarlari va nutqlarida ma’naviyat, tarbiyaga juda katta e’tibor qaratadi, ayniqsa uning quyidagi fikrlarida buni yaqqol ko’rish mumkin. “… Hara qaysi davlat, har qaysi millat nafaqat yer osti va yer usti boyliklari bilan, harbiy qudrati va ishlab chiqarish salohiyati bilan, balki birinchi navbatda o’zining yuksak ma’naviyati va madaniyati bilan kuchlidir”! (Barkamol avlod O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. Toshkent. “Sharq” 1998-yil 5-bet) Aslini olganda, ma’naviyat va madaniyati bir biriga yaqin tushunchalardir. Ularni ma’naviy merosi, madaniyati, mafkura va qadriyatlar tashkil qiladi. Prizidentimiz I.Karimov qayd etganidek, “Beshafqat davr sinovlarida omon qolgan eng qadimgi tosh yozuvlar, bitiklardan tortib, butun kutubxonamiz xazinasida saqlanayotgan 20 mindan ortiq qo’lyozma ularda mujassamlashga tarix, adabiyot, san’at, siyosat, axloq, falsafa, tibbiyot, matimatika, fizika, ximya, astranomiya, me’morchilik, dehqonchilikka oid 10 minglab asrlar bizning beqiyos ma’naviy boyligimiz, iftixorimizdir. Bunchalik katta merosga ega bo’lgan xalq dunyoda kam topiladi. Shuning uchun ham bu borada jahonning sanoqli mamlakatlarigina biz bilan bellasha olishi mumkin …”!
(Karimov.I.A “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” – Toshkent- “Sharq” 1998 2-bet) Madaniy – ma’naviy meros o’zaro bir-biridan farq qilsada, ularning o’rtasida o’tib bo’lmas “Xitoy” devorini qo’yish ham mumkin emas, madaniy merosni barpo etishning zamirida ham ma’naviyat – ya’ni insonning madaniy – ruhiy bilimlari, qobiliyati, iste’dodi, aqli va nazariy bilim faoliyati yotadi. Madaniy va ma’naviy meros o’rtasida umumiylik ham farqli tomonlari ham mavjud. Madaniy meros ko’proq umumiylik ustunlik qilsa, manaviy merosda uslubiylik ustunlik qiladi. Madaniy merosning qadri abadul-abad tutashmaydigan qismiga milliy qadriyat deyiladi. Ma’naviy boyliklar avloddan avlodga bir tuzumdan ikkinchi tuzumga meros sifatida o’tadi va jamiyat, uning ma’naviy taraqqiyotiga katta ta’sir ko’rsatadi. Ma’naviy meros deb uzoq va yaqin o’tmishdagi, hozirgi davrdadi ma’naviy jihatdan g’oyat qimmatli, o’chmas iz qoldiradigan, mangu yashaydigan, butun ijtimoiy manfaati va ehtiyojiga ezgulikka xizmat qiladigan umuminsoniy ma’naviy boyliklarga aytiladi. Prizidentimiz aytganlaridek xalqimizning tayanchi ajdodlarimiz qoldirgan ma’naviy merosning o’zi katta bir xazina. Bu xazinadan mustaqilligimizni mustahkamlashga oqilona foydalanishimiz lozim. Qadimiy yozuvlar, bitiklar, xalq og’zaki ijodi namunalari, ulug’ shoir va mutafakirlarimiz yaratgan dunyoviy va badiiy asarlar, Qur’oni Karim, hadislar yassaviy va Baqirg’aniylar yaratgan diniy axloqiy ruhidagi asarlar, Ahmad Yugnakiy, Yusuf Xos Xojiblar yaratgan aqliy, pand-nasihat turidagi asarlar Najmiddin Kubro, Baxovuddin Naqshbandiy yaratgan inson ichki dunyosi, ruhiyatiga qaratilgan ta’limotlar, Navoiyning o’lmas badiiy ijod xazinasi va boshqalar bizning boy ma’naviy boyligimiz hisoblanadi. Sivilizatsiyaning o’zi insonning madaniyati va ma’naviyati taraqqiyoti bosqichida ro’y beruvchi sifat jihatida yangi boshqichi bo’lib, kishilik jamiyati tarixida chuqur iz qoldiradi. Sizilizatsiya – ma’lum bir tarixiy bosqichda insoniyatning madaniyat taraqqiyotida yaratgan, erishgan, qo’lga kiritgan sifat jihatdan yangi, yuqori yutuqlari majmui. Shunday qilib, madaniyati, madaniy meros, sivilizatsiyalar yutug’i jamiyat va inson manaviyatining rivojlanishida, ma’naviy barkamol avlod voyaga yetkazishda katta ahamiyatga ega. Shuning uchun mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq o’tmishda toptalgan ma’naviy merosimizni tiklashga qatiyan kirishildi. Mustaqilligimizning o’tgan yillarida anashu merosimizni o’zlashtirish orqali chinakkam milliy tiklanishimizga erishdik. Bu borada, tabiiyki, ma’naviy meros, madaniy boyliklar ko’hna tarixiy yodgorliklar eng muhim omillardan biri bo’lib xizmat qiladi. Bizning qadimiy va go’zal diyorimiz nafaqat sharq balki jahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri bo’lganini xalqaro jamiyatchilik tan olmoqda va e’tirof etmoqda. Bu tabarruk zamindan ne-ne buyuk zotlar, olimu-ulamolar, siyosatchi va sarkardalar yetishib chiqqani, umumbashariy sivilizatsiya va madaniyatning uzviy qismiga aylanib ketgan dunyoviy va diniy ilmlarning ayniqsa, islom dini bilan bog’liq bilimlarning tarixan eng yuqori bosqichga ko’tarishga ona yurtimizda tug’ulib kamolga yetgan ulug’ allomalarning xizmatlari beqiyos ekani bizga ulkan g’urur va iftixor bag’ishlaydi. Bu ko’hna tuproqda milodgacha bo’lgan davrda va undan keyingi qurilgan suv inshootlari hali hanuz o’zining ko’rki tarovatini saqlab kelayotgani sari atiqalarimiz qadim-qadimdan o’lkamizda dehqonchilik va hunarmandchilik madaniyati, me’morchilik va shaharsozlik san’ati yuksak darajada rivojlanganidan dalolat beradi. Mamlakatimiz hududida mavjud bo’lgan 4 mingdan ziyod moddiy-manaviy obida umumjahon merosining noyob namunasi sifatida YUNESKO ro’yxatiga kiritilgani ham bu fikrni tasdiqlaydi. Ajdodlarimiz tafakkuri va dahosi bilan yaratilgan eng qadimgi tosh yozuv va bitiklar, xalq og’zaki ijodi namunalaridan tortib, bungungi kunda kutubxonalarimiz xazinasida saqlanayotgan ming-mingab qo’lyozmalar, ular mujassamlashgan tarix, adbiyot, san’at,siyosat, axloq, falsafa, tibbiyot, matimatika, mineralogiya, kimyo, astranomiya, me’morchilik, dehqonchilk va boshqa sohalarga oid qimmatbaho asarlar bizning buyuk ma’naviy boyligimizdir. Bunchalik katta merosga ega bo’lgan xoli dunyoda kamdan-kam topiladi. Ota-boblarimizning asrlar davomida to’planga hayotiy tajribasi, diniy, axloqiy, ilmiy, adabiy qarashlarini ifoda etadigan bu kabi tarixiy yogorliklar orasida bundan qarib uch ming yil muqaddam Xorazm vohasi hududida yaratilgan “Avesto” deb atalgan bebaho ma’naviy obida axloqiy o’rin tutadi. Avalambor, shuni aytish joyizki, oilis ota-bobolarimizning aql-zakovati, qalb qo’ri mahsuli bo’lmish bu noyob yodgorlikning zamon to’fonlarida, qanchadan-qancha og’ir sinovlarda o’tib, bizning davrimizgacha yetib kelganing o’zida katta ma’no mujassam. Bunday o’lmas asori-atiqalar bu ko’hna o’lkada, bugun biz yashab turgan tuproqda qadimdan buyuk madaniyat mavjud bo’lganidan guvohlik beradi. Misol uchun, “Avesto”ning tub ma’no-mohiyatini belgilab beradigan “Ezgu fikr, ezgu so’z, ezgu amal” degan tamoyilni oladigan bo’lsa unda hozirgi zamon uchun ham behad ibratli bo’lgan saboqlar borligini ko’rish mumkin. Ana shunday fikrlar, ya’ni, ezgu niyat, so’z va ish birligini jamiyat hayotining ustivor g’oyasi sifatida talqin etish bizning bugungi ma’naviy ideallarimiz bilan naqadar uzviy bog’liq holda ko’rsatilgani ko’p narsani anglatadi. Bu holat insonning ma’naviy dunyoni shakillantirishda atrof-muhit qadim zamonlardan buyon qanday kuchli ta’sir o’tkazib keganiga yana bir bor e’tiborimizni jalb qiladi. Shu ma’noda xalq og’zaki ijodining noyob durdonasi bo’lmish “Alpomish” dostoni millatimizning o’zligini namoyon etadigan, avlodlardan avlodlarga o’tib kelayotgan qahramonlik qo’shig’idir. Agarki xalqimizning qadimiy va shonli tarixi tuganmas bir doston bo’lsa “Alpomish” ana shu dostonning shox bayti, desak to’g’ri bo’ladi. Shu boyis “Alpomish” dostoni bizga vatanparvarlik fazilatlaridan saboq beradi. Odil va haqgo’y bo’lishga, o’z yurtimizni, oilamiz qo’rg’onini qo’riqlashga, do’sti yorimizni, or-nomusimizni, ota-bobolarimizning mozorlarimizni har qanday tajavvuzdan himoya qilishga o’rgatadi. Bir paytlar, aniqrog’i, o’tgan asrning 50-yillarida, milliy merosimizning ko’pgina namunalari kabi, “Alpomish” dostoni ham millatchilik ruhidagi asar sifatida qaralib, qatag’onga uchragan edi. O’sha og’ir yillarda fidoyi ziyolilarimiz jasorat ko’rsatib, saqlab qolishga muvaffaq bo’lganliklarini butun minnatdorchilik bilan eslaymiz. Bu o’lmas asarni xalqimiz asrlar davomida yaratgan, o’z iymon-e’tiqodidek asrab avaylagan, qancha avlod-ajdodlarimiz “Alpomish” dostoni asosida tarbiya topgan, o’zligini anglagan, ma’naviy boylikka ega bo’lgan. Demak, xalqimiz bor ekan, Alpomish siymosi ham barhayot.
Milliy ma’naviyatimiz azaldan qanday omil va mezonlar negizida shakllanib kelayotgani xalqimiz uchun eng aziz va eng milliy bayram-sharqona yangi yil bo’lmish Navro’z ayyomi
misolida ayniqsa yorqin namoyon bo’ladi. Ayniqsa, ko’p asrlar mobaynida xalqimiz qalbida chuqur joy olib, hayot ma’nosini anglash, milliy madaniyatimiz va turmush tarzimizni qadriyatimiz, urf-odat va an’analarimizni bezavol saqlashda muqaddas dinimiz qudratli omil bo’lib kelayotganini alohida ta’kidlashimiz joiz. Nega deganda, insoniylik, mehr-oqibat, halollik oxiratni o’ylab yashash, yaxshilik, mehr-shavqat singari xalqimizga mansub bo’lgan fazilatlar aynan anashu zaminda ildiz otadi va rivojlanadi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, muqaddas islom dinimizni pok saqlash, uni turli xil g’arazli huruj va hamlalardan tuxmat va bo’xtonlardan ximoya qilish, uning asl mohiyatini unib o’sib kelayotgan yosh avlodlarimizga to’g’ri tushuntirish, islom madaniyatining ezgu g’oyalarini keng targ’ib etish vazifasi hamon dolzarb bo’lib kelmoqda. Ma’lumki, xalqimiz azaldan islom dini va madaniyati rivojiga beqiyos hissa qo’shib keladi. Bu haqiqatni jahon jamoatchiligi, butun musulmon yaxshi biladi va tan oladi. Nufuzli xalqaro tashkilot bo’lmish islom konfrensiyasi tashkilotining ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo’yicha tuzilmasi AYSESKO tomonidan Toshkent shaxrini 2007-yilda Islom madaniyati poytaxti deb e’lon qilinganini ham anashu yuksak e’tirofning yana bir tasdig’idir. Musulmon olamining “muhaddislar sultoni” deya ulkan shuxrat qozongan Imom Buxoriy bobomizning muborak nomlarini hurmat va ehtirom bilan tilga olamiz. Bu mo’tabar zot merosining gultoji bo’lmish eng ishonchli hadislar to’plami – “Al-Jome’ as-Sahih” kitobi islom diniga Quroni Karimdan keyingi 2-muqaddas manbaa bo’lib, ahli islom e’tiqodiga ko’ra, u bashariyat tomonidan bitilgan kitoblarning eng ulug’i hisoblanadi. Abu Iso Muhammad Ibn Sino, Termiziyning ma’naviy merosi, jumladan, “Sunoni Termiziy” asari ham musulmon olamida anashunday yuksak qadrlanadi.
Mustaqillik eng ulug’ va eng aziz ne’mat. Ozodlik, hurriyat, erkinlik. Bu oiliy tushunchalarni yurakdan his qilish, anglab yashash – buyuk saodat. Mamlakatimizda milliy qadriyatlarni tiklash va rivojlantirish, ajdodlarimiz qoldirgan boy madaniy-ma’naviy merosni tarixiy-me’moriy obidalarni asrash, ularni kelgusi avlodlarga yetkazish borasida keng ko’lamli ishlar amalga oshirilayapti. Mustaqil rivojlanish yillarida tarixan qisqa bir davrda yurtimiz yangi va ulkan marralarni qo’lga kiritdi. Buning natijasida mamlakatimizning qiyofasi butunlay o’zgarib, jahon hamjamiyatidagi o’rni va nufuzi yuksalib bormoqda. “Pathcon-Assas Paris 11” Universiteti professori Jek Baraning ta’kidlashicha, madaniy va ma’naviy merosga, iqtisodiy, sayyohlik va inson salohiyatiga ega bo’lgan O’zbekiston mamlakatini modernizatsiya qilish va demokratik yangilash yo’lidan shahdam borib, xalqaro munosabatlar tizimida alohida o’rin tutgan holda, jadal sur’atlarda rivojlanmoqda degan edi. Parij shahrida joylashgan Fransiya Geografiya jamiyatida O’zbekistonda olib borilayotgan demokratik va ijtimoiy-iqtisodiy islohatlar hamda dolzarb mintaqaviy muammolarga bag’ishlangan anjumanda: Yurtimizda madaniyat va san’at, jumladan, musiqa rang-barangligini ta’minlash doimiy etiborda. Zero, ota-bobolarimiz asrlar mobaynida milliy san’atimizni taraqqiy ettirish bilan bir qatorda, jahon san’atining ilg’or namunalarini ijodiy o’zlashtirgan va rivojlantirgan. Mustaqillik yillarida zamonaviy O’zbek san’ati dunyo miqyosida yanada yuksak obro’ va e’tibor topayotganda iqtidorli yoshlarimizning xizmati kattadir, iste’dod egalarining baland parvozida ijodkor yoshlarni qo’llab quvvatlash mamlakatimizning davlat siyosatiga aylangani muhim ahamiyat kasb etdi. Jahon xalqlari tajribasi, ularning bosib o’tgan murakkab rivojlanish yo’llari, bu boradagi saboq va xulosalar shundan dalolat beradiki qayerda davlat va jamiyat taraqqiy etsa, xalqning tinch-osoyishta hayot kechirishi o’z oldiga ezgu va buyuk maqsadlar qo’yib, yashashi uchun yetarli sharoit yaratilgan bo’lsa, o’sha yerda erkin fikrlash muhiti va shu asosda ma’naviy yuksalish uchun yangi imkoniyatlar tug’uladi. Bugungi kunda mamlakatimizda yangi hayot, yangi jamiyat poydevorini barpo etishda erkin fuqaro ma’naviyatini shakillantirish masalasi biz uchun g’oyat dolzarb ahamiyatga ega. Hayotimizning barcha sohalarida amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohatlarimizning samaradorligi avvalo xalq-ma’naviyatning shakillanishi, boy tarixiy merosimizning chuqur o’rganilishi, an’ana va urf odatlarimizning saqlanishi, madaniyat va san’at, fan va ta’lim rivoji, eng muhimi, jamiyat tafakkurining o’zgarishi va yuksalishi bilan bog’liqdir. “Bugungi kunda oldimizda turgan eng muhim vazifalarni ko’z o’ngimizdan o’tkazar ekanmiz, aholining kundalik ehtiyojlariga bevosita dahldor dolzarb masalalarni hal qilish bilan bir qatorda biz eski tuzum davrida inson hayotining negizi va murakkab tomonlari, milliy qadriyatlar tarixiy an’analar, umuminsoniy, ma’naviy boyliklar bilan hisoblashmaslik jamiyatimizga qanchadan-qancha zarar keltirganini unutmasligimiz kerak”Bu borada asosiy ishlarimiz nimalardan iborat bo’lishi lozim? Birinchi navbatda milliy madaniyatimiz, xalq ma’naviy boyligimizning ildizlariga e’tibor berish zarur. Bu xazina asrlar davomida misqollab to’plangan. Bizning vazifamiz – shu xazinani ko’z qorachig’imizdek asrash va yanada boyitish kerak. Masalaning boshqa tomoni ma’rifat va madaniyatning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash. Insonning to’la qonli hayoti uchun nihoyatda zarur bo’lgan maktablar, kutubxonalar, teatr va boshqa madaniyat o’choqlarini ko’paytirish va ularning sharoitini yaxshilash. Bundan buyon barcha rejalarimizda madaniyat, ma’rifat, jismoniy tarbiya va sport birinchi darajali vazifalar qatoridan joy olishi lozim. Va nihoyat shu sohalarda ishlayotgan kadrlar masalasi o’qtuvchilar va shifokorlar madaniy muassasalardagi va boshqa sohalardagi ko’plab mutaxasislar – chinakam ziyolilardir. Ayniqsa, olimlar va ijodkor xodimlarimiga e’tiborni ko’paytirish kerak. Chunki ma’naviy boyliklarni aynan shular yaratadi. Shu maqsadda mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab yurtimizda amalgam oshirilayotgan keng ko’lamli ishlarning amaliy natijasi o’laroq, adabiyot va san’at, madaniyat matbuot sohasi mafkuraviy tazyiqdan butunlay xalos bo’lganini qayd etish joyiz. Agar biz O’zbekistonimizni dunyoga tarannum etmoqchi, uning qadimiy tarixi va yorug’ kelajagini ulug’lamoqchi, uni avlodlar xotirasida boqiy saqlamoqchi bo’lsak, avvalambor buyuk yozuvchilarni, buyuk shoirlarni, buyuk ijodkorlarni tarbiyalashmiz kerak. Ulug’ adib Cho’lpon aytganidek adabiyot yashasa – millat yashaydi. Qachonki milliy madaniyatning uzviy qismi bo’lgan teatr san’ati xususida so’z borar ekan, buyuk marifatparvar maxmud Xo’ja Behbudiyning “Teatr bu ibratxonadir” deb aytgan fikrini eslash o’rinlidir. Kino san’atining inson ongi va tafakkuri, jamiyat hayotiga ta’siri beqiyos ekanini hisobga olgan holda istiqlol yillarida milliy kinomotografiyani ham har tomonlama rivojlantirish, bu borada zarur moddiy va ma’naviy shart-sharoitlarni yaratish bo’yicha amalgam oshirilgan keng ko’lamli chora tadbirlar tufayli yangi-yangi filmlar suratga olinmoqda, ular orqali tariximiz va bugungi hayotimiz bilan turli mavzular yoritilmoqda. Hozirgi kunda milliy ma’naviyatimining rivoji tasviriy san’at namunalarimiz tasavvur etib bo’lmaydi. O’zbek rassomlarining keyingi yillarda samarali ijod qilib, yangi-yangi yutuqlarni qo’lga kiritayotganni, bu sohaga ko’plab yosh iste’dod egalari kirib kelayotgani uchun uning ravnaqi va istiqbolidan dalolat beradi. Bugungi kunda poytaxtimizning Amir Temur, Samarqanddagi Ko’ksaroy, Shaxrisabzdagi Oq saroy maydonida Sohibqiron siymosida doimo nur jilvalanib turganini ko’rishimiz mumkin. Farg’ona shahrida Ahmad Farg’oniy, Urganchda Muhammad Muso Xorazmiy va Jaloliddin Manguberdi, Navoiy shahrida Alisher Navoiy, Poytaxtimizda G’afur G’ulom, Abdulla Qahhor va Zulfiya singari yozuvchi va shoirlarimiz haykallarini, Termiz shahrida Alpomish, Qarshi shahrida esa “El-yurt tayanchi” va boshqa ko’plab monumental san’at asarini barpo etishga muyassar bo’ldik. 2010- yida Ko’hna va Boqiy Buxoro “manument”i ham bunga misol bo’ladi.
Mamlakatimiz taraqiyoti pillapoyasidan yangi-yangi cho’qqilar sari qadam qo’yar ekan, biz yashayotgan zamon sur’atlari shiddat bilan tezlashib, oldimizga yana qancha muammo va mashaqqatlar paydo bo’lar ekan, tabiiyki ma’naviy hayotimiz ham anashu sinovlarda toblanib, yuksalib, jamiyatimiz millatimizning yorug’ va sog’lom kelajagini ham qanday tahdid va to’fonlardan – davr o’zgarishi bilan ularning ko’rinishi va shakli o’zgarishiga qaramayotgan – bezavol saqlash va asrab qolishga qodir bo’lish darkor. Sharq qadimiy madaniyat o’chg’i va jahon sivilizatsiyasining beshigi deya bejiz ta’riflanmagan. Vatanimiz sivilizatsiyasining sharq sivilizatsiyasi quchog’ida voyaga yetgani va uning qadriyatlarini o’ziga aks ettirganini, unga va butun dunyo madaniyatdiga ulkan ta’sir ko’rsatganini doimo esda tutush darkor. Ishonchimiz komilki, xalqimiz tarixining murakkab jarayonlarini irodasi chiniqib har qanday hujum va tazyiqlarga qaramasdan, ma’naviy olami kuchayib borayotgani bizni ko’rolmaydigan kuchlar ham bu haqiqatni tan olayotganini mamnuniyat bilan qayd etamiz. Chunki xalq – bamisoli ulug’ va sharafli yo’ldan ilgarilab boryotgan ulkan karvon. Uni yo’ldan chalg’itishga urunuvchilar, payt poylab orqasidan hamla qiluvchilar hamisha bo’lgan, bundan keyin ham bo’lishi mumkin. Karvon bexatar bo’lmas degan gap bejiz aytilmagan. Ammo xalq karvonini hech qanday kuch ortga qaytarolmaydi. Nega deganda, xalqning qalbida ne-ne ajdodlardan meros yengilmas kuch madaniy ma’naviyat bor. Mustaqil vatanimiz oliy maqsad qilib olgan ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayotni barkamol ezgu g’oyalarni hayotiy e’tiqodiga aylantirgan yetuk insonlargina bunyod eta oladi.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1. Karimov. I. A.“Yuksk ma’naviyat yengilmas kuch” “Ma’naviyat” 2008 yil
2. Karimov. I. A. “O’zbekiston XXI asrga intilmoqda” T. O’zbekiston 2000 yil
3. Karimov. I. A.”Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” T. “Sharq” 1998 yil
4. Milliy istiqlol g’oyasi. Asosiy tushunchalar va tamoyillar. T. “O’zbekiston” 2000yil.
5. Ma’naviyat asoslari. O’quv qo’llanma. (S.Otamurodov,S.Husanov, J.Rametov) T. 2002 yil
6. Madaniyatshunoslik maruzalarmatni. E.Gulmetov, T.Qobiljonov, Sh.Ernazarov, A.Mevrulov T.2002yil.
7. Karimov. I. A. Mustaqilligimizni 19 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi nutqi Xalq so’zi gazetasi 2010 yil sentabr.
01.01.2012