Alisher Navoiy hayot yo'li haqida.
Alisher Navoiy
Buyuk mutafakkir shoir, olim va davlat arbobi Alisher Navoiy 1441- yil 9-fevralda (hijriy 844-yil ramazon oyining o'n yettinchisida) Hirotning Bog'i Davlatxona atalmish joyida xizmatchi oilasida dunyoga keldi.
Buyuk mutafakkir shoir, olim va davlat arbobi Alisher Navoiy 1441- yil 9-fevralda (hijriy 844-yil ramazon oyining o'n yettinchisida) Hirotning Bog'i Davlatxona atalmish joyida xizmatchi oilasida dunyoga keldi.
Alisherning ota tomonidan bobosi Amir Temurning o'g'Ii Umarshayx bilan emikdosh1 bo'lib, Boyqaro Mirzo hukmdorligi davrida Qandahorda amir bo'lgan. Mana shunga asoslanib aytish mumkinki, Alisherning ota-bobolari hamisha temuriylar saroyida e'tiborli kishilar bo'lganlar.
Alisher bolaligidanoq o'tkir zehnli, bilimga chanqoqligi va she'riyatga mehr qo'yganligi bilan tengdoshlari orasida alohida ajralib turgan. U to'rt-besh yoshlaridanoq, Qosim Anvorning g'azallarini, Shayx Sa'diyning «Guliston» va «Bo'ston», Fariddiddin Attorning «Mantiq ut-tayr» kabi asarlarini berilib o'qigan.
Alisherdagi ulkan iste'dod va she'riyatga bo'lgan tengsiz muhabbatni ko'rgan otasi G'iyosiddin Kichkina, tog'alari — o'z davrining taniqli shoirlari: Mir Said Kobuliy va Muhammad Ali G'aribiylar uning tarbiyasiga alohida ahamiyat beradilar.
O'n ikki yoshida otasidan yetim qolgan Alisher Xuroson podshohi Abulqosim Bobur saroyiga keladi. Abulqosim Alisherga ota-bobolarining hurmati tufayli yaxshi munosabatda bo'ladi va uning bilim olishi uchun zarur sharoit yaratib beradi.
1456-yilda Abulqosim Bobur o'z poytaxtini Xurosondan Mashhadga ko'chiradi. Alisher ham do'sti Husayn Boyqaro bilan birga
Ota-onalari boshqa, lekin bir ayolni emib katta bo'lgan bolalar. 172
Mashhadga boradi. 1457- yilning bahorida Abulqosim Bobur vafot etadi. Shundan so'ng, mamlakatda' toj-taxt uchun kurash boshlanadi. Husayn Boyqaro ham shu kurashlarga qo'shilib ketadi. Alisher Navoiy esa moddiy va ma'naviy qiyinchiliklarga qaramay, Mashhaddagi madrasada o'z bilimini oshirish, she'riyat sirlarini chuqurroq o'rganish bilan shug'ullanadi.
Homiysiz qolgan va Abusaid Mirzoning marhamatiga sazovor bo'lmagan Alisher 1466- yilda Xurosondan Samarqandga ketadi. Samarqand bu davrda Hirotdan keyingi ikkinchi yirik ilmiy-madaniy markaz edi. Alisher Samarqandda dastlab faqirona hayot kechirdi. Lekin she'riy iste'dodi tufayli Alisher tez orada Samarqandda katta obro'ga ega bo'lgan Ahmad Xojibekning diqqatini o'ziga tortdi. U Alisherga ham moddiy, ham ma'naviy ko'mak berib turdi. Alisher Samarqandda o'z davrining yirik olimi Xoja Fazlulloh Abullays madrasasida, bevosita uning o'z qo'li ostida tahsil ko'rdi va ko'plab olim, shoir va musiqashunoslar bilan muloqotda bo'ldi.
1469- yilda Hirot taxtini Husayn Boyqaro egallaydi va maxsus noma bilan Alisherni Hirotga chaqirtirib oladi. U saroyda xizmat qilish bilan birga ona tili — turkiyda ko'plab badiiy va ilmiy asarlar yaratdi. Turkiy millatning pushti panohi, milliy adabiyotimizni dunyo miqyosiga olib chiqqan adib, tilimizning imkoniyatlari cheksiz ekanligini kuylagan va" amalda ko'rsatgan shoir ko'plab yosh-u keksa ijodkorlarga homiylik qildi. U so'zning qudratini a'lo darajada bilardi va undan to'liq foydalana olish qudratiga ega ijodkor edi
01.01.2012